18:53 / 17.11.2023
177

Isroil va HAMAS o‘t ochishni uch kunga to‘xtatishga kelishib oldi

Isroil va HAMAS o‘t ochishni uch kunga to‘xtatishga kelishib oldi

Foto: Reuters

Falastinning HAMAS harakati va Isroil hukumati G‘azo sektorida uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulhga erishdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, “konflikt tomonlari o‘rtasidagi kelishuv G‘azoda uch kunlik sulhni o‘z ichiga oladi”. Shuningdek, Isroil tomoni Falastin sektoriga “BMT nazorati ostidagi cheklangan miqdordagi yonilg‘i” o‘tkazilishini ma’qullagani ta’kidlangan.

Bungacha ommaviy axborot vositalari tomonlar HAMAS tomonidan garovga olingan 50 nafar ayolni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 50 nafar falastinlik ayol va o‘smirga almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar bergandi. Kelishuvning kuchga kirish sanasi haqida ma’lumot berilmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo