12:09 / 18.11.2023
1 034

Ukraina loyihasi tugadi, endi AQSH Rossiyaga Markaziy Osiyo orqali zarar yetkazadi

Ukraina loyihasi tugadi, endi AQSH Rossiyaga Markaziy Osiyo orqali zarar yetkazadi

AQSH Ukrainada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Endi u Rossiyaga Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo orqali zarar yetkazishga harakat qiladi, dedi Ronald Reygan davridagi Oq uy rasmiysi bo‘lgan Pol Kreyg Roberts "Dialogue works" Youtube-kanaliga bergan intervyusida.

"Agar Qo‘shma Shtatlar Eronni o‘yindan chiqara olsa, u holda terrorchilarni Markaziy Osiyo va Rossiyaning o‘ziga yuborish mumkin bo‘ladi", - dedi sobiq amaldor. — Amerika Rossiya uchun "Ukrainadan ko‘ra kattaroq tahdid" yaratmoqchi.

Avvalroq Rossiya FSB direktori Aleksandr Bortnikov "G‘arb Ukrainani MDH hududida zamonaviy urush usullarini qo‘llashni o‘rganadigan, terrorchilar va yollanma jangarilarni tayyorlash platformasiga aylantirganini" aytgan edi.

Bundan tashqari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining yangi chaqiriqlar va tahdidlar departamenti direktori o‘rinbosari Aleksey Lijenkov Qo‘shma Shtatlar ISHID* va "Al-Qoida"* terrorchilari bilan “yaqin aloqalarni” davom ettirib, ularga qarshi kurashayotgandek ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning xatti-harakatlari tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlari terrorchilik tahdidining tarqalishi xavfi ostida.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo