17:07 / 18.11.2023
929

Rossiyada ashaddiy qotillardan biri ozodlikka chiqdi

Rossiyada ashaddiy qotillardan biri ozodlikka chiqdi

90-yillarning eng mashhur qotillaridan biri Aleksandr Pustovalov (Sasha Soldat) Monino shahridagi qattiq tartibli koloniyadan ozod qilindi. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Qayd etilishicha, u 24 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Pustovalov jazoni Vladimir markaziy qamoqxonasida, keyin Tver viloyatida joylashgan koloniyada o‘tagan.

Ta’kidlanishicha, Pustovalov yana uch yil davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari nazoratida bo‘ladi. Bundan tashqari, unga o‘zi yashayotgan shaharni tark etish, shuningdek, tungi vaqtda ko‘chaga chiqish taqiqlanadi.

Sasha Soldat 90-yillarning boshlarida Orexovskaya jinoiy guruhi a’zosi bo‘lgan. U 1999 yilda hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 30 ga yaqin odamni, jumladan huquq-tartibot xodimlarini ham o‘ldirgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo