20:20 / 21.11.2023
404

Dunyodagi eng badavlat ayollar qaysi mamlakatlarda yashaydi?

Foto: Marie Claire

Dunyoning qaysi mamlakati hududida istiqomat qiluvchi badavlat xonimlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi? Bugun shu haqida gaplashamiz.

Taxmin qilganingizdek, bir necha milliard dollarlik boylikka ega ayollarning eng ko‘p qismi AQSHda hayot kechiradi. City Index tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot mualliflari ayollarning yashash joyi va ularning moliyaviy holati o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan. Tadqiqot yakunida Qo‘shma Shtatlarda istiqomat qiluvchi milliarder ayollar soni Xitoyning badavlat xonimlari sonidan ikki barobarga ko‘p ekani maʼlum bo‘lgan.

Fransuaza Betankur Meyers
Foto: Marie Claire

Bugungi kunda Yer sayyorasining eng katta boylikka egalik qiluvchi ayoli – Lʼoreal Paris fransuz kompaniyasining sohibasi Fransuaza Betankur Meyers hisoblanadi. Fransiyaning milliarder ayollar soni bo‘yicha dunyo reytingida 12-o‘rinda turishini hisobga olsak, bu juda qiziqarli holat. Fransuaza 2017-yilda onasi vafot etgandan keyin Lʼoreal kompaniyasining uchdan bir qismini, shuningdek bir nechta ko‘chmas mulk obyektlarini undan meros qilib olgan.

Juliya Kox turmush o‘rtog‘i bilan birga
Foto: Marie Claire

AQSHda istiqomat qiluvchi milliarder xonimlar reytingida umumiy boyligi 59 milliard dollarni tashkil etuvchi Juliya Kox yetakchilik qiladi. Juliya va uning 3 nafar farzandi oila boshlig‘ining vafotidan keyin Koch Industries kompaniyasining 42% ulushini meros qilib olgan. Reytingda undan keyingi o‘rinlarni Elis Uolton (57,5 milliard) va Jaklin Mars (38,3 milliard) band etgan. Hayotini sanʼatga bag‘ishlagan Elis Uolton Walmart asoschisining qizi bo‘lib, boyligini otasidan meros qilib olgan bo‘lsa, Jaklin Mars shokolad batonchalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solgan bobosining sharofati bilan boyib ketgan.

Bugungi kunda Avstraliyaning eng badavlat ayoli Jina Raynxart hisoblanadi. Uning boyligi 27,1 milliard dollardan oshadi. Jina ushbu raqamlar bilan xitoylik milliarder – mamlakatning eng badavlat ayoli (23,9 milliard) Yan Xueyyanni ortda qoldiradi. Shunga qaramasdan, dunyo reytingida Xitoy Avstraliyadan oldingi o‘rinlarda turadi.

Syuzanna Klatten
Foto: Marie Claire

Germaniya esa reytingdagi yetakchilar uchligini “yopib bergan”. Mamlakatning eng badavlat ayoli hisoblanmish Syuzanna Klatten Atlanta AG farmatsevtika kompaniyasi va BMW ning qariyb 20% ulushiga egalik qiladi. Uning umumiy boyligi miqdori 27 milliard dollardan oshadi.

Ushbu reyting esa hududida eng ko‘p milliarder ayollar yashovchi mamlakatlarni ko‘rsatib beradi:

№1. AQSH (92)

№2. Xitoy (46)

№3. Germaniya (32)

№4. Italiya (16)

№5. Avstraliya (9)

№6. Hindiston (9)

№7. Gonkong (9)

№8. Ispaniya (8)

№9. Shveysariya (8)

№10. Braziliya (7)

№11. Shvetsiya (7)

№12. Fransiya (6)

№13. Kanada (6)

№14. Daniya (4)

№15. Isroil (4)


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng badavlat ayollar qaysi mamlakatlarda yashaydi?