Argentinaning yangi prezidenti milliy valyutani dollarga o‘zgartirish haqidagi fikrini o‘zgartirdi

Argentinaning yangi prezidenti milliy valyutani dollarga o‘zgartirish haqidagi fikrini o‘zgartirdi

Foto: Tomas Cuesta/Getty Images

Argentinaning yangi prezidenti Xaviyer Miley milliy valyutapesoni dollarga almashtirish rejasidan voz kechdi. Bu haqda Financial Times (FT) o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Miley prezident bo‘lgach, Argentina Markaziy bankiga rahbarlik qilishi kutilayotgan Emilio Okampo siyosiy kelishmovchiliklar tufayli lavozimdan voz kechgan. Bunga aynan pesoni dollarga almashtirish rejasi sabab bo‘lgan.

«U o‘zi rozi bo‘lmagan rejani amalga oshirish uchun Markaziy bankka bormaydi», dedi manba.

Xaviyer Miley 10 dekabrda prezident lavozimiga kirishadi. O‘zining saylovoldi kampaniyasida u Argentina iqtisodiy tizimini keskin isloh qilish tarafdori ekanini maʼlum qildi. Shu sababdan «arrali iqtisodchi» laqabini oldi.

Xususan, Miley mamlakat Markaziy banki va ko‘plab vazirliklarni, jumladan mehnat va taʼlim vazirligini tugatishni, shuningdek, iqtisodiyotni pesodan dollarga o‘tkazishni taklif qilgan edi.

24 noyabr kuni Miley maʼmuriyati Markaziy bankni tugatish rejasidan voz kechmasligini yana bir bor maʼlum qildi. Ammo, iqtisodiyotni “dollarlashtirish” rejasini tilga olmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar