19:43 / 27.11.2023
193

Ilon Mask Isroilda Netanyaxu bilan uchrashdi (video)

Foto: GPO

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask 27-noyabr kuni Tel-Avivga shaxsiy samolyotda uchib keldi va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Mask Isroil prezidenti Isaak Gertsog va Harbiy vazirlar mahkamasi vaziri Benni Gants bilan ham uchrashishi kutilmoqda Milliarder 7-oktyabr kuni HAMAS tomonidan hujumga uchragan Kfar Aza kommunasiga tashrif buyurdi. Isroil rasmiylari unga Falastin jangchilarning hujumi oqibatlarini ko‘rsatdi.

Tashrif doirasida G‘azo sektorida garovga olinganlar oilalari vakillari bilan “onlayn antisemitizmga chek qo‘yish zarurati” haqida “yopiq muhokama” o‘tkaziladi. Isroil harbiylari Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha Mask bilan muzokaralar olib boradi.

Oktyabr oyida milliarder G‘azo sektoridagi yordam tashkilotlarini sun‘iy yo‘ldosh bilan ta’minlashi mumkinligini aytgan va bu Isroil rasmiylarining tanqidiga sabab bo‘lgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Isroilda Netanyaxu bilan uchrashdi (video)