Yaponiyada hafta davomida sakkiz kishi jazirama tufayli halok bo‘ldi
Qattiq issiq urishi oqibatida keyingi hafta ichida Yaponiyada 4100 odam shifoxonaga tushgan. Ulardan sakkiz kishi nobud bo‘lgan, deb xabar beradi mail.ru.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra aprel oyining oxiridan beri qattiq issiq tufayli 25 ming odam shifoxonaga tushgan. Jabr ko‘rganlarning asosiy qismini qishloqda yashovchi va ochiq havoda ishlovchi keksa yoshdagilar tashkil qiladi.
Jazirama Yaponiyada iyun o‘rtasidan avjiga chiqqan. Yomg‘irlar mavsumi tugaganiga qaramay Tokioda tez-tez yog‘ingarchilik bo‘lmoqda. Buning natijasida qattiq issiqqa haddan oshiq namgarchilik ham qo‘shilgan.
O‘tgan yili jaziraea tufayli Yaponiyada 100 ortiq kishi halok bo‘lgan. 53 mingga yaqin odam shifoxonaga tushgan. Yapon shifokorlari odamlarga quyosh taftida uzoq qolmaslikni, bosh kiyim kiyishni hamda iloji boricha ko‘proq suyuqlik ichishni maslahat bermoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing