date

Samsung yangi mobil telefon taqdimotini o‘tkazdi

Samsung yangi mobil telefon taqdimotini o‘tkazdi

Samsung Galaxy Note 7 Samsung kompaniyasi yana bir flagmanni rasman taqdim etdi. Galaxy Note 7 nomi ostidagi mazkur mobil apparat taqdimoti bir vaqtning o‘zida Nyu-York, Rio-de-Janeyro hamda Londonda bo‘lib o‘tdi. Rasman Galaxy Note 6 chiqarilmasligiga kelishilgan, u bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham, deb xabar beradi mail.ru.

ASOSIY QULAYLIKLARI

Samsung Galaxy Note 7 suvdan va changdan himoya qiluvchi mahsus qoplamaga ega. Smartfon stilusi hatto suv ostida ham ishlaydi. Avvalgi Samsung smartfonlarining birortasida ushbu qulaylik yo‘q.

Yana bir yangilik - ko‘z skaneri. Endi agar qo‘llaringiz band bo‘lsa yoki namlansa ko‘z yordamida telefonni qulfdan ochish imkoniyati bor.

Yangi Galaxy Note 7 ikki ko‘rinishda, ya’ni ikki xil chipsetda chiqarildi: Qualcomm Snapdragon 821 va Exynos 8 Octa 8893. Chet davlatlarga Exynos 8 Octa 8893 chipsetli mobil apparat sotuvga chiqariladi.

Shuningdek Samsung Galaxy Note 7ga mashhur Dual Pixel 12 megapikselli kamerasi o‘rnatilgan. Kameraning har bir piksel matrisasi ikki qismdan iborat va boshqa jiddiy fotoapparatlar kabi ishlash imkonini beradi. Uning yordamida yaxshi yoritilmagan joyda ham suratga olish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Samsung yangi mobil telefon taqdimotini o‘tkazdi