Shavkat Mirziyoyev Dubayga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga yetib bordi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, aeroportda oliy martabali mehmonni BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy kutib oldi. Ertaga, 1-dekabr kuni davlat rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi hamda ushbu global sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…