07:12 / 02.12.2023
234

Putin Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari sonini oshirdi

Putin Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari sonini oshirdi

Foto: Sergey Chevalkov

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Qurolli Kuchlarining shtat sonini belgilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Unga ko‘ra, Rossiya Qurolli Kuchlarining shtat soni 2 209 130 birlikni, shu jumladan 1 320 000 harbiy xizmatchini tashkil qiladi. Farmon imzolangan kundan (1 dekabr) boshlab kuchga kirdi.

Rossiya hukumatiga Mudofaa vazirligini ushbu farmonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan budjet mablag‘lari bilan ta’minlash topshirildi.

O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar sonini 170 ming harbiy xizmatchiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi farmon munosabati bilan safarbarlikni amalga oshirish rejalashtirilmaganiga aniqlik kiritdi.

Harbiy departament fuqarolarni majburiy harbiy xizmatga chaqirishni sezilarli darajada oshirish rejalashtirilmaganini qayd etdi.

Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari sonini ko‘paytirish shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan fuqarolar hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Rossiya Qurolli Kuchlari sonining ortishi tahdidlarning kuchayishi, jumladan, NATO kengayishi bilan bog‘liq.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo