21:54 / 03.12.2023
206

Isroil urushdan so‘ng G‘azo sektori bilan chegarada bufer zona yaratmoqchi

Isroil urushdan so‘ng G‘azo sektori bilan chegarada bufer zona yaratmoqchi

Foto: Reuters

Isroil bir qancha arab davlatlariga kelajakdagi hujumlarning oldini olish uchun G‘azo sektori bilan chegarasida bufer zona yaratish rejasi borligini aytdi. Bu haqda manbalarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Isroil bu haqda Misr, Iordaniya, BAA va Saudiya Arabistoni, Turkiyani xabardor qilgan.

“Isroil G‘azo va Isroil o‘rtasida bufer zona tashkil etilishini istaydi, bu HAMAS yoki boshqa jangchilarning Isroilga kirib kelishi va hujumiga yo‘l qo‘ymaydi”, — dedi mintaqa davlatlaridan biridagi yuqori martabali xavfsizlik xodimi.

G‘azo sektori ichida bufer zona yaratish rejalari Isroil rasmiysi tomonidan The Times of Israel nashriga tasdiqlandi.

“Bu siyosiy chora emas, xavfsizlik chorasi. Biz G‘azo sektoridan chegarada qolish niyatimiz yo‘q”, — dedi nashr suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilda “urush tugagach, G‘azo sektorida nimani ko‘rishni xohlash” bo‘yicha munozaralar olib borilmoqda. Isroil armiyasi bufer zonaning yaratilishi HAMASga “chegara yaqinida harbiy potensial yaratish va yana Isroilni hayratda qoldirishga” to‘sqinlik qilishini aytmoqda.

Noyabr oyi boshida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil harbiy harakatlar tugagandan so‘ng G‘azo sektorida “noaniq muddat” xavfsizlikni o‘z zimmasiga olishi kerakligini bildirgandi.

“Agar biz xavfsizlik uchun javobgar bo‘lmasak, HAMAS biz tasavvur ham qila olmaydigan darajada kuchayadi”, — degan u.

AQSH prezidenti Jo Bayden HAMAS harakatini butunlay yo‘q qilish kerakligini aytdi, biroq uning fikricha, Isroilning G‘azo sektorini bosib olishi katta xato bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo