16:16 / 07.12.2023
238

Ukraina AQSHdan F-18 qiruvchilari va Apache vertolyotlarini so‘radi

Ukraina AQSHdan F-18 qiruvchilari va Apache vertolyotlarini so‘radi

F-18 qiruvchi samolyoti
Foto: U.S Navy

Ukraina Mudofaa vazirligi vakillari AQSHdan Kiyevga F-18 qiruvchi samolyotlari, Apache va Blackhawk vertolyotlari, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari hamda dronlar yetkazib berishni so‘radi, deb xabar bermoqda Reuters nashr ko‘rib chiqqan hujjatlarga tayanib.

Agentlik xabariga ko‘ra, Ukraina AQSHdan so‘ragan qurollar ro‘yxati AQSH poytaxtida hukumat vakillari va mudofaa sanoati rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yopiq yig‘ilishda taqdim etilgan.

Ro‘yxatda Ukrainada mavjud bo‘lgan qurollar, jumladan Abrams tanklari, 155 millimetrli artilleriya, F-16 qiruvchi samolyotlari, shuningdek, ilgari so‘ralgan uzoq masofali ATACMS raketalari ham bor, deb ta’kidlaydi Reuters.

Bundan tashqari, Ukraina so‘roviga General Atomics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, jumladan MQ-9B Sky Guardian uchuvchisiz uchoqlari, shuningdek, Lockheed kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Terminal High Altitude Area Defense (THAAD) havo mudofaa tizimlari kiradi.

Bugun, 7 dekabr kuni ertalab AQSH Senati Ukraina va Isroilni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qonun loyihasini rad etdi. Respublikachilar yordam paketi Meksika bilan chegarada immigratsiya siyosatini kuchaytirishga qaratilgan tuzatishlarni o‘z ichiga olishi kerak, deya turib olishgan.

6 dekabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Kongressni zudlik bilan Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatishni ma’qullashga va partiyalararo kelishmovchiliklarni chetga surib qo‘yishga chaqirdi. Uning fikricha, agar Rossiya Ukrainani mag‘lub etsa, NATO davlatlariga hujumga o‘tadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo