Foto: Milliyet
Somali prezidentining o‘g‘li Muhammad Hasan Mahmud Istanbulda kurerni urib yubordi. Jabrlanuvchi salkam bir hafta o‘tib, kasalxonada vafot etdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 30 noyabr kuni Istanbul markazidagi Kennedi shossesida sodir bo‘lgan. Mototsiklda bo‘lgan 38 yoshli kurer Yunus Gecher tunneldan chiqishda tezlikni pasaytira boshlagan, u yo‘l chetida to‘xtashni rejalashtirgan.
Shu payt Somali prezidenti o‘g‘li boshqaruvidagi avtomobil mototsiklga borib urilgan. Zarbadan keyin Gecher yo‘l chetiga borib tushgan. Shifokorlarning urinishlariga qaramay jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan. Gecherning ikki farzandi bor, ulardan biri nogiron. Kurerning do‘stlari kuzatuv kameralari yozuvlariga asoslanib avtohalokat vaqtida Mahmudning mashinasi tormozlashga urinmaganini ma’lum qildi. Ular Mahmudni Gecher o‘limida aybdor sifatida hibsga olishni talab qilmoqda.
Muhammad Hasan Mahmud politsiya tomonidan so‘roq qilingach qo‘yib yuborilgan, biroq unga mamlakatni tark etish huquqi vaqtincha cheklangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Muhammad Hasan Mahmud politsiya tomonidan so‘roq qilingach qo‘yib yuborilgan, biroq unga mamlakatni tark etish huquqi vaqtincha cheklangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar