14:41 / 12.12.2023
271

Ramzan Qodirov siyosatga aralashayotgan chechen sportchilari va blogerlarini qoraladi

Ramzan Qodirov siyosatga aralashayotgan chechen sportchilari va blogerlarini qoraladi

Foto: VK

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov chechen xalqining qadriyatlarini shubha ostiga qo‘yayotgan mahalliy sportchilar va blogerlarga qarshi “qattiq chora” ko‘rish kerakligini aytdi.

Qodirov respublikadagi sportchi blogerlar Asxab Tamayev va Arbi Emiyevga ularning “nomaqbul” videolari uchun tanbeh berganidan keyin shunday bayonot e’lon qildi. U “qattiq chora” iborasi bilan nimani nazarda tutayotgani noma’lum.

Sportchi bo‘lsangiz, o‘zingizni sportda ko‘rsating, tamom. Sizning missiyangiz shu yerda tugaydi, lekin siyosatga aralashmang. Ba’zilar chechen milliy urf-odatlari va an’analariga to‘g‘ri kelmaydigan shubhali dasturlarda qatnashyapti. Haqiqiy chechen bunday qilmaydi”, — dedi Qodirov Checheniston hukumatining kengaytirilgan yig‘ilishida.

Respublika sport va yoshlar siyosati vaziri Iso Ibragimov huquqbuzarlarni “chechen urf-odatlari va an’analari doirasida” jazolashga va’da berdi.

Avvalroq chechen bloger Asxab Tamayevga qarshi onlayn kazino reklama qilgani uchun ish ochilgani xabar qilingandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo