Braziliyalik taniqli qo‘shiqchi sahnada jon taslim qildi

Braziliyalik qo‘shiqchi Pedro Enrike oilasida fojia yuz berdi. 30 yoshli qo‘shiqchm ijro vaqtida sahnada vafot etdi. U yurak xurujiga uchragan.

Fojiadan sal oldin Pedro sahnada hazil qiladi. Shunday bo‘ldiki, uning so‘zlari ma’lum darajada bashoratli bo‘lib chiqdi. «Charchadim, charchadim... Shu uchun men shon-shuhratni xohlaymanmi? Men charchadim», - deydi u.
Pedro sahnaga yiqilganidan so‘ng, muxlislari unga yordamga shoshilishgan va qo‘shiqchi darhol shifoxonaga yetkazilgan. Ammo, tibbiyot xodimlari uning yurak xurujidan vafot etganini ma’lum qilgan.































Izohlar 0
…