Rossiyalik endokrinolog va gastroenterolog Dilyara Lebedeva bug‘doy uni va undan tayyorlangan mahsulotlarning zarari haqida ma’lumot berdi.
Mutaxassisning fikricha, bu unning biologik foydali qiymati juda past. Shu bilan birga, u yuqori kaloriya tarkibiga ega va tarkibida ichakda foydali moddalarning to‘liq so‘rilishiga imkon bermaydigan kleykovina mavjud. Shu sababli bug‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni kamroq yeyish maqsadga muvofiq.
Shifokor, iloji bo‘lsa, bug‘doy unini guruch, bodom, yong‘oq yoki grechka bilan almashtirishni maslahat beradi.
Bu, ayniqsa, semizlikdan aziyat chekuvchilar va diabetga chalinganlar uchun to‘g‘ri keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar