08:38 / 21.12.2023
381

Eron tashqi ishlar vaziri Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi

Eron tashqi ishlar vaziri Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyoti muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi

Foto: Anadolu

Isroil Mudofaa kuchlarining G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ammo AQSH shunga qaramay, Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda, dedi Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyon.

Biz allaqachon AQSH Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi urush jinoyatlariga aloqador bo‘lishni istamayotgani, biroq shu bilan birga Isroil rejimini falastinliklarga qarshi muvaffaqiyatsiz harbiy amaliyotida qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgani haqida signallarni olmoqdamiz”, — dedi u Dohada Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Tani bilan uchrashuvda.

Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlashi ularning siyosiy va harbiy mag‘lubiyati ko‘lamini yanada oshirishini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi Abdullohiyyon Dohada Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashgani va u bilan G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi vaziyatni muhokama qilgani haqida ma’lum qilgandi. Bu HAMAS va Isroil o‘rtasidagi mojaro yana qizg‘in pallaga kirgan 7 oktyabrdan beri Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbarining Qatarga to‘rtinchi tashrifidir.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo