22:07 / 22.12.2023
256

Arnold Shvarseneggerning Mercedes-Benz abtomobili auksionga qo‘yildi

Arnold Shvarseneggerning Mercedes-Benz abtomobili auksionga qo‘yildi

Foto: Barrett-Jekson

AQSHda 1977 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz Unimog avtomobili Barrett-Jekson auksionida kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Yuk mashinasining oldingi egasi kinoyulduz Arnold Shvarsenegger bo‘lgan.

Aynan aktyor uchun 2012 yilda mashina Germaniyaning Merex Mertec studiyasi mutaxassislari tomonidan qayta tiklangan va o‘zgartirilgan.

Mercedes Unimog 445/65 R22 o‘lchamdagi yo‘l tanlamas shinalar o‘rnatilgan. Kuzov qismiga o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Uning ichki qismiga ham yetarlicha ishlov berilgan.

Yuk mashinasi 320 ot kuchiga ega 6,4 litrli olti silindrli turbodizel dvigatel bilan jihozlangan.

Qayta tiklash va tyuningdan so‘ng Shvarseneggerning mashinasi bor-yo‘g‘i 4300 km yo‘l yurgan. Mashina salonida aktyor o‘z dastxatini qoldirgan.

Foto: Barrett-Jekson


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo