20:32 / 28.12.2023
224

OAV: Putin Si Szinpinga Ukrainadagi urushni kamida 5 yil davom ettirishini aytgan

OAV: Putin Si Szinpinga Ukrainadagi urushni kamida 5 yil davom ettirishini aytgan

Foto: “RIA Novosti”

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush kamida besh yil davom etishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu yilning mart oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Xitoy rahbari Si Szinpinga aytgan, deb xabar bermoqda Nikkei Asia.

Nashrning qayd etishicha, Putinning urush 5 yil davom etishi haqidagi so‘zlaridan so‘ng Xitoy o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqdi. Uzoq davom etadigan urush Si Szinpinning Xitoy yetakchisi sifatida uchinchi muddatdagi ambitsiyalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Gap, xususan, Tayvanning anneksiya qilinishi haqida ketmoqda, deyiladi Nikkei Asia e’lon qilgan materialda.

Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi urush 2022 yil fevral oyida boshlangan. Joriy yilning iyun oyi boshidan Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tdi. Ukraina tomoni harbiy harakatlar Ukraina hududiy yaxlitligi tiklanmaguncha to‘xtamasligini ma’lum qilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo