Isroillik 18 yoshli Tal Mitnik harbiy xizmatga borishdan bosh tortdi. Time nashri xabariga ko‘ra, u ushbu qarorini Isroil armiyasi G‘azoda Falastin xalqiga nisbatan xunrezliklar sodir etayotganiga norozilik ifodasi deb baholagan.
Isroil armiyasi HAMAS hujumiga javoban G‘azoda olib borayotgan urushda 21 mingdan ziyod falastinlik halok bo‘ldi. 2,3 million aholi hayotiga qirg‘in qurollaridan tashqari ochlik, tashnalik va yuqumli xastaliklar xavf solmoqda. Tinch aholi vakillari orasida qurbonlar soni oshib borayotgan bir paytda Isroilning o‘zida ham mamlakat armiyasiga qarshi kayfiyat kuchaymoqda.
Tal Mitnik – G‘azodagi harbiy jinoyatlarga qarshi chiqayotgan yoshlardan biri. U HAMASning hujumini qoralagani holda, zo‘ravonlikka zo‘ravonlik bilan javob berish to‘g‘ri emasligi, falastinliklar ham yashashga haqli ekanini aytgan.
«Biz falastinliklar ushbu zaminga bog‘liq ekanini tan olishimiz kerak. Ro‘y bergan zo‘ravonliklarga qaramay, biz falastinliklarni bu zamindan supurib tashlay olmaymiz. Bu muammoni zo‘ravonlik bilan hal etib bo‘lmaydi. Siyosiy masala harbiy yo‘l bilan yechilmaydi. Men real muammolarni tan olishni rad etayotgan, aholining g‘am-kulfatini tobora oshirayotgan hukumat rahbarligidagi armiya safiga kirishdan bosh tortaman. (Isroil) harbiylari ko‘p yillardan buyon amalga oshirayotgan zo‘ravonlik harakatlari bizni himoya qila olmadi. Biz oxiri ko‘rinmayotgan zo‘ravonliklar girdobidamiz. Armiya o‘z harakatlari bilan faqat yanada ko‘p qon to‘kilishiga xizmat qilmoqda», – degan Tal Mitnik.
Xabarlarga ko‘ra, G‘azoda urushga borishdan bosh tortayotganlar safi kengaymoqda.
Tal Mitnik harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagani uchun 30 sutka qamoqqa hukm qilingan. Ushbu muddat tugaganidan keyin yana harbiy xizmatga bormasa, qamoq muddati uzaytiriladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma'lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
Nima uchun Los-Anjeles yonmoqda?
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi