70
AQSH Davlat departamenti Isroilga 147,5 million dollarga artilleriya snaryadlarini sotishga ruxsat berdi
Foto: Google Images
AQSH Davlat departamenti Isroilga 155 mm M107 artilleriya snaryadlari va tegishli asbob-uskunalarni zudlik bilan sotishni ma’qulladi. Bu haqda Pentagon tarkibiga kiruvchi Xavfsizlik bo‘yicha hamkorlik agentligi xabar qildi.
“Qo‘shma Shtatlar Isroil xavfsizligini ta’minlash tarafdori. Isroilga o‘zini o‘zi mudofaa qilish qobiliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda yordam berish AQSH milliy manfaatlari uchun juda muhimdir. Taklif etilayotgan savdo ushbu maqsadlarga mos keladi”, — deyiladi departament bayonotida.
Ommaviy axborot vositalarining ushbu mavzu bo‘yicha xabar berishicha, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Kongressni favqulodda vaziyat to‘g‘risida xabardor qilgan. Bu esa o‘q-dorilarni yetkazib berish muddatini tezlashtirishga yordam beradi.
Snaryadlarning umuniy qiymati 147,5 million dollarni tashkil qiladi. O‘q-dorilar Pentagon zahiralaridan yetkazib berilishi qo‘shimcha qilingan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi