210
NATO Kiyevning Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazish haqidagi iltimosini qo‘llab-quvvatladi
Foto: Reuters
Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainaning favqulodda yig‘ilish o‘tkazish haqidagi iltimosini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma’lum qildi.
“NATO davlatlari Ukraina bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazish haqidagi iltimosni qo‘llab-quvvatladi”, — deb Kuleba so‘zlaridan iqtibos keltirgan TIV matbuot xizmati.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, asosiy mavzulardan biri Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish bo‘ladi. Kuleba uchrashuv qachon bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritmadi.
Dekabr oyida NATO matbuot xizmati 17-18 yanvar kunlari Bryusselda harbiy qo‘mita yig‘ilishi o‘tkazilishi, jumladan, birinchi marta Ukraina-NATO kengashi formatida bo‘lishi haqida xabar bergan edi.
Qo‘mita yig‘ilishida alyans uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar muhokama qilinishi ma’lum qilingan. Bosh shtab boshliqlari NATOning Vilnyusdagi so‘nggi sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayonini ko‘rib chiqishi, shuningdek, Vashingtondagi navbatdagi sammitga tayyorgarlikni muhokama qilishi kutilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi