date
views 359

Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar bo‘yicha yirik almashinuv bo‘lib o‘tdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar bo‘yicha yirik almashinuv bo‘lib o‘tdi
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, «murakkab muzokaralar jarayoni natijasida» 3 yanvar kuni 248 nafar harbiy xizmatchi Rossiyaga qaytdi. Ayirboshlash Birlashgan Arab Amirliklari vositachiligida amalga oshirildi.
 
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy almashinuvni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 200 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va tinch aholi uyiga qaytgan. Ular orasida Mariupol va «Azovstal» zavodini himoya qilgan harbiylar ham bor.
 
Ukraina ombudsmani Dmitriy Lubinetsning aniqlik kiritishicha, 230 nafar harbiy xizmatchi uyiga qaytgan.
 
Bu Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar bo‘yicha eng yirik almashuv bo‘ldi.
 
So‘nggi bor ikki davlat o‘rtasidagi asir almashinuvi haqida 2023 yil 7 avgust kuni xabar qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar bo‘yicha yirik almashinuv bo‘lib o‘tdi