Foto: Getty Images
ISHID terrorchilik guruhi Eronning Kerman shahrida 3 yanvar kuni sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Terrorchilarning da’vo qilishicha, ularning ikki tarafdori olomon orasida o‘zini portlatib yuborgan. Eron rasmiylarining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, 84 kishi halok bo‘lgan, 284 kishi yaralangan. Oldinroq Eron rasmiylari taxminiy terror hujumida Isroilni ayblab, qasos olishga va’da bergan edi.
Terrorchilar hujumi general Qosim Sulaymoniy dafn etilgan qabriston yonida amalga oshirilgan. Eronlik jurnalistlar masofadan turib portlovchi qurilma ishga tushirilganini aytgandi, ISHID buni rad etgan. Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Xomanaiy hujum ortida Isroil turgani, u bu orqali diqqatni G‘azodagi urushdan chalg‘itishni ko‘zlaganini bildirgandi.
ISHID da’vosi AQSH razvedkasi prognozlariga mos keldi. Avvalroq razvedka mazkur hujum “Islomiy davlat”ning ishi bo‘lishi mumkinligini ilgari surgandi. Eron Bosh prokuraturasi terakt bo‘yicha tergov boshlagan. Xomanaiy “dushmanlar bu falokatga qattiq javob olishlarini bilishi kerak”ligini ta’kidlagan.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi