09:00 / 05.01.2024
231

Gubernator Gladkov Belgorod o‘qqa tutilgani haqida ma’lum qildi

Gubernator Gladkov Belgorod o‘qqa tutilgani haqida ma’lum qildi
Foto: ASSOCIATED PRESS/picture alliance
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Belgorod va Belgorod viloyatini o‘qqa tutish vaqtida ikki kishi yaralangan. Bu haqda viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov 5 yanvar, jumaga o‘tar kechasi o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki jabrlanuvchi bor: bir erkak bilagidan, ikkinchisi oyog‘i pastki qismidan jarohat olgan», — deb yozadi u.
 
Otishma oqibatlari haqidagi ma’lumotlarga oydinlik kiritilmoqda, biroq Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, shaharning turar joy sektoriga zarar yetgan – ko‘p qavatli uyning bir nechta xonadonlari oynalari singan, 30 dan ortiq avtomobil zarar ko‘rgan. Belgorod viloyatida bir xonadonning tomi va bir avtomobilga shikast yetgan.
 
Belgorod aholisi ijtimoiy tarmoqlarda otishmaning birinchi oqibatlari haqida materiallar joylashtirdi. Xususan, e’lon qilingan fotosuratlar va videolarda ko‘p qavatli uy yonidagi avtoturargohga raketa yoki snaryad parchalari tushgani ko‘rinib turibdi.
 
Rossiya Mudofaa vazirligi o‘nta raketa yo‘q qilinganini bildirdi
 
Bir kun oldin Rossiya Mudofaa vazirligi «Kiyev rejimining «Olxa» yalpi o‘t ochish reaktiv tizimidan foydalangan holda Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi bostirilgani» haqida ma’lum qildi. Navbatchi tizimlar Belgorod viloyatida 10 ta raketani yo‘q qildi.
 
Ukrainaga ommaviy zarbalarga javoban Belgorodning o‘qqa tutilishi
 
So‘nggi kunlarda Belgorod o‘q ostida qoldi. 30 dekabr kuni shahar markazi o‘qqa tutilishi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi – bu Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri Rossiya shahridagi eng ko‘p qurbonlar soni. «RBK-Ukraina» nashri Ukraina maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib, hujum harbiy obyektlarga amalga oshirilganini ma’lum qildi.
 
Mintaqaning o‘qqa tutilishi Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga, shu jumladan Belgorod qo‘shnisi Xarkivga raketa hujumlari fonida sodir bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo