date
views 263

Qirg‘izistonda “Vagner” safida jang qilgan fuqaroga hukm o‘qildi

Qirg‘izistonda “Vagner” safida jang qilgan fuqaroga hukm o‘qildi
Foto: “Ridus”
Qirg‘izistonning Norin viloyat sudi Qirg‘iziston fuqarosi Beknazar Borugul o‘g‘lini “Vagner” tarkibida Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. 2023 yil 7 dekabr kuni chiqarilgan hukm haqida 2024 yil 4 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan sudda ma’lum qilindi.
 
Norin viloyatida yashovchi 27 yoshli fuqaro 2023 yil avgust oyida Qirg‘izistonga qaytganidan uch hafta o‘tib qo‘lga olingandi.
 
Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu shaxsga nisbatan “Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosining xorijiy davlat hududidagi qurolli mojarolarda yoki harbiy amaliyotlarda ishtirok etishi yoki terakt sodir etishga tayyorlanishi” moddasi bo‘yicha ish olib borilmoqda.
 
Bu Qirg‘izistonda Ukrainadagi urushda qatnashish bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ikkinchi jinoiy ish
 
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada qamoq jazosini o‘tayotgan Beknazar Borugul o‘g‘li mahbuslarni ommaviy yollash chog‘ida, 2022 yil 1 noyabrda xususiy harbiy kompaniyaga qo‘shilgan. U yerda u “Semiglaviy” chaqiruv belgisini olgan va “Vagner”ning bir qator medallari, xususan, Baxmutni qo‘lga olishdagi ishtiroki uchun mukofot, shuningdek, Rossiya davlat mukofoti — “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan.
 
Qirg‘izistonda fuqaroning Ukrainadagi jangovar harakatlardagi ishtiroki yuzasidan ikkinchi marta jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. 2023 yilning may oyida 31 yoshli Asqar Kubanichbek o‘g‘li 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi, biroq Oliy sud avvalgi instansiyalar qarorlarini bekor qilib, ishni tuman sudiga qayta ko‘rib chiqish uchun yuborgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda “Vagner” safida jang qilgan fuqaroga hukm o‘qildi