Foto: China Media Group
Ikki o‘rindiqli AG60 yengil samolyotining elektr versiyasi bo‘lgan AG60E elektrosamolyoti Xitoyda sinov parvozini amalga oshirdi, deb ma’lum qildi ishlab chiqaruvchi Aviation Industry General Aircraft Corporation kompaniyasi.
Sinov parvozi Xanchjouning Szyanda shahridagi Syandaohu fuqaro aviatsiyasi aeroportida amalga oshirildi.
AG60E uzunligi 6,9 metr, qanotlari kengligi 8,6 metr, maksimal tezligi esa — 185 km/soat. Kompaniya ilgari ishlab chiqarilgan samolyotlarni elektrlashtirish maqsadida konvertatsiya qilish yangi strategik sanoatni rivojlantirishga yordam beradigan samarali yechim ekanini ta’kidlamoqda.
Elektrosamolyotlar aviatsiya tarixining aksariyat qismida fantaziyadan boshqa narsa bo‘lmagan, deb ta’kidlaydi The New York Times. Biroq akkumulatorlar va boshqa komponentlardagi texnologik innovatsiyalar milliardlab dollar sarmoya bilan birgalikda elektr parvozini amalga oshirishga imkon berdi.
Elektrosamolyotlar parvoz paytida zararli chiqindilar chiqarmaydi, shuningdek, oddiy vertolyotlar va samolyotlarga qaraganda boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish osonroq. Biroq elektrosamolyotlar hali ommalashmasligi va faqat qisqa masofalarga parvozlarni amalga oshirishi kutilmoqda.
AeroDynamic Advisory aviatsiya konsalting kompaniyasi boshqaruvchi direktori Kevin Mayklsning aytishicha, bugungi kunda elektr aviatsiyasi oldida turgan muammolar XX asr boshlarida avtomobilsozlik sanoati oldida turgan muammolarga o‘xshaydi. U o‘sha paytda dunyoda o‘ziga xos yondashuvga ega bo‘lgan bir necha yuzlab ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bo‘lganini, ammo yo‘llar, svetoforlar va sug‘urta yo‘qligi muammosini tushuntirdi. Shunga qaramay bu soha rivojlanishga muvaffaq bo‘ldi.
“20 yildan keyin ishlar yaxshilandi, oxir-oqibat xarajatlar kamaydi. Bu esa odamlarning yashash tarzini o‘zgartirdi”, — deb qo‘shimcha qildi u.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi