
Foto: Google Images
Joriy yilning birinchi auksionida eng qimmat tunes balig‘i Tokioda deyarli 800 ming dollarga sotildi.
Bu lotning 1999 yildan buyon to‘rtinchi eng yuqori ko‘rsatkichidir. O‘sha yildan beri bunday statistika yuritib kelinadi.
Ushbu baliqning vazni 238 kilogrammni tashkil qiladi. Undan nafaqat Yaponiyada, balki Nyu-York va Shanxaydagi restoranlarda ham sushi tatib ko‘rish mumkin.
Yangi yilning birinchi savdolari ko‘pchilikning e’tiborini tortadi, chunki ular norasmiy ravishda iqtisodiy tendensiyalarning belgisi va yil uchun o‘ziga xos prognoz hisoblanadi. Biroq iqtisodiy prognozlar har doim ham amalga oshmaydi.
Shunday bo‘lsa-da, lotning yuqori narxi iqtisodiy sohada yaxshi belgi sifatida qabul qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar