date

WSJ: Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi — AQSh va Turkiya munosabatlarining yomonlashganini anglatadi

WSJ: Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi — AQSh va Turkiya munosabatlarining yomonlashganini anglatadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvi rasmiy Vashington va Anqaraning munosabatlari davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, yomonlashganini isbotlaydi, deb fikr yuritadi The Wall Street Journal.

Ta’kidlanishicha, ushbu ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar bir necha marta inqiroz davrlarini yashagan. Masalan, Turkiyaning 1974-yilda Kiprga bostirib kirishida va AQShning2003-yili Iroqqa hujum qilishida shunday holat kuzatilgan. Biroq, ikki mamlakat etakchilari umumiy til topishning uddasidan chiqishgan. Ammo, bu safargisi avvalgilariga o‘xshamas, deb ishonch bildirmoqda mualliflar.

Ayni vaqtda, Anqara va Vashington o‘rtasida bir necha masalada qarama-qarshilik mavjud, deyiladi maqolada. Bular, Suriya, Injirlik harbiy bazasi, prezident Bashar Asadni hokimiyatdan chetlashtirish masalasini hal etish muddati, Iroqning hududiy yaxlitligi, Eronga qarshi sanksiyalarni davom ettirish zarurati hamda kurdlarga Amerika tomonidan yordam berilishiga oid masalalardir.

Amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishiga urinish esa, Turkiyaning AQShga nisbatan g‘azabini qo‘zg‘atdi, deyish mumkin. Aynan shu voqea ikki tomonlama munosabatlarni boshi berk ko‘chaga kiritmoqda, deb yozadi WSJ.

Ma’lumki, Oq uy ma’muriyati, harbiy isyondan keyin ikki marta Turkiyaning demokratik saylangan hukumatini qo‘llab-quvvatlashi haqida bayonot bergan edi. Albatta, Anqara ham o‘z navbatida, mamlakatdagi davlat to‘ntarishini Vashington uyushtirgani to‘g‘risidagi ovozalarga barham berishi mumkin edi, ammo bunday qilmadi. Nashrning fikricha, AQShning bu kabi ayblovlarga javobi esa keskin bo‘lmagan.

Maqolada ta’kidlanishicha, AQSh va Turkiya munosabatlarida «haqiqiy maqsad» oydinlashmoqda. Amerikalik siyosatchilar Anqara va Vashingtonni umumiy qadriyatlar va manfaatlar boshqa birlashtirmayotganini yaxshi tushunib etadigan vaqt allaqachon kelgan. Shunga ko‘ra, mamlakat hukumati o‘ziga ishonchliroq boshqa ittifoqchini topishi kerak.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » WSJ: Putin va Erdo‘g‘an uchrashuvi — AQSh va Turkiya munosabatlarining yomonlashganini anglatadi