Foto: Google Images
30 dan ortiq davlat u yoki bu tarzda Ukraina harbiylarini xorijda tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etmoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi doktrinalar va tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig‘i, general mayor Aleksey Taran ma’lum qildi.
“Hozirda 34 ta davlatdan iborat hamkorlar koalitsiyasi Ukraina Qurolli kuchlari xodimlarini xorijda o‘qitish tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etmoqda”, — dedi Taran Ukrainaning Army-inform agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar orasida AQSH, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, shuningdek, Gruziya va Moldova bor.
Taran qo‘shimcha qilishicha, Buyuk Britaniya asosiy qo‘shma qurollarni tayyorlash, shuningdek, kichik qo‘mondonlarni tayyorlashni tashkil etishda so‘zsiz yetakchiga aylandi. Unga ko‘ra, 2022 yil fevralidan buyon Britaniyada 30 mingdan ortiq, 2014 yildan buyon esa 50 mingdan ortiq harbiy xizmatchi tayyorlandi.
2023 yilning noyabrida Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi mamlakat 2024 yilda ukrainalik harbiylarni tayyorlashni davom ettirishi va bu borada yetakchilikni saqlab qolish niyatida ekanini aytgan edi. Biroq u britaniyalik instruktorlar 2024 yilda Ukraina Qurolli kuchlarining qancha jangchisini tayyorlashni rejalashtirayotganiga aniqlik kiritmagan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi