17:00 / 06.01.2024
245

Belgorod aholisiga evakuatsiyada yordam taklif qilindi

Belgorod aholisiga evakuatsiyada yordam taklif qilindi
Foto: Reuters
Rasmiylar Belgorodning shaharni tark etishni istagan barcha aholisiga evakuatsiyada yordam berishga va’da qildi. «Siz ketishga tayyor ekanligingizni bildirishingiz kerak. Bugunoq sizni Stariy Oskol va Gubkinga olib borishga tayyormiz», deb yozdi Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov 5 yanvar, juma kuni o‘zining Telegram-kanalida.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya qilinadiganlar «juda qulay sharoitda, issiq va xavfsiz xonalarga» joylashtiriladi va u yerda «kerak bo‘lgunicha» qolishi mumkin bo‘ladi. Ketish istagida bo‘lganlardan gubernator, shahar meri Valentin Demidovning qabulxonalariga yoki 112 yoki 111 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
 
«Mintaqamiz hududidagi vaqtinchalik joylashtirish markazlarida joy yetarli emas, demak, men hamkasblarimga, boshqa mintaqalar gubernatorlariga murojaat qilaman, ular bizga yordam berishi mumkin», deb yozadi Gladkov. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning qo‘rquvlari va «xavfsiz joyga borish» uchun yordam haqidagi shikoyatlari paydo bo‘lganidan so‘ng, rasmiylar Belgoroddan bir nechta oilalarni olib ketgan.
 
Belgorodning o‘qqa tutilishi Ukrainaga hujumlarga javob bo‘ldi
So‘nggi kunlarda Belgorod o‘q ostida qoldi. 30 dekabr kuni shahar markazi o‘qqa tutilishi natijasida 25 kishi halok bo‘ldi, bu - Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlanganidan beri Rossiya shahridagi eng ko‘p qurbonlar soni. «RBK-Ukraina» nashri Ukraina maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib, hujum harbiy obyektlarga amalga oshirilganini ma’lum qildi.
 
Mintaqani o‘qqa tutish 2024 yilda ham davom etyapti, ular Rossiyaning Ukrainaga, shu jumladan Belgorod qo‘shnisi Xarkivga yirik raketa hujumlari fonida sodir bo‘lyapti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo