Foto: Telegram
8 yanvarga o‘tar kechasi va ertalab Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga yirik raketa zarbasini berdi. Butun mamlakat bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari Rossiya tomonidan “Kinjal” raketalari uchirilgani haqida xabar berdi.
Ukraina ommaviy axborot vositalari Krivoy Rog, Zaporoje, Dnepr, Xmelnitskiy va Xarkov viloyatida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi. Zaporojening ayrim hududlarida elektr energiyasi uzilgan.
Rossiya qo‘shinlari Xarkovga kamida to‘rtta zarba berdi, dedi viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Korxona va ta’lim muassasasiga zarar yetgan, 53 yoshli fuqaro jarohatlangan. Chuguevskiy tumanida xususiy uyga zarba berildi. 90 va 60 yoshli erkaklar vayronalar ostidan chiqarildi. Yana bir fuqaro vayronalar ostida qolmoqda.
Zaporojeda 8 yanvar kuni ertalab beshta portlash ovozi eshitildi, dedi viloyat ma’muriyati rahbari Yuriy Malashko. Unga ko‘ra, shahar turli yo‘nalishlardan qanotli va ballistik raketalar hujumiga uchragan.
“Raketalar turar joy hududlari – ochiq joylar va uylar yaqiniga kelib tushgan. Soat 08:00 holatiga ko‘ra, raketa hujumi oqibatida ikki kishi — bir erkak va ayol jabrlangan”, — dedi Malashko.
Ukraina jamoatchiligi va OAV Krivoy Rogdagi savdo markazi Rossiya hujumi tufayli jiddiy zarar ko‘rganini xabar qildi. Dnepropetrovsk viloyati rasmiylari bu haqda hozircha izoh bermagan.
Ukraina janubidagi mudofaa kuchlari, shuningdek, tunda Rossiyadan sakkizta Shahed-136/131 droni uchib kelganini xabar qildi. Ta’kidlanishicha, barcha dronlar urib tushirilgan: yettitasi Odessa viloyatida, bittasi Nikolayevda.
Urib tushirilgan dronlardan birining qoldiqlari Odessa viloyatidagi ochiq hududga tushgan. U yerda yong‘in chiqib, qisqa vaqtda o‘chirilgan. Vayronagarchilik va qurbonlar yo‘q, deb xabar berdi Ukraina janubi mudofaa kuchlari matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi