Foto: Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati
Qirg‘izistonda o‘zini “yangi xudo” deb atagan Arstan Alay 31-sonli jazoni ijro etish koloniyasidagi kamerada o‘lik holda topildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Advokat Arstanbek Abdildayevga ko‘ra, uning himoyasi ostidagi shaxs Jinoyat-protsessual kodeksi normalarini buzgan holda hibsga olingan.
“Bu mening himoyamdagi shaxsning xavfsizligini ta’minlash uchun tergov izolatori rahbariyatiga bir necha bor yozma murojaat qilganimga qaramay, sodir bo‘ldi. U nega, kimning ko‘rsatmasi bilan va qachon 31-koloniyaga o‘tkazilgani bizga ma’lum emas. Bir so‘z bilan aytganda, huquqni muhofaza qilish organlari, tergov, sud, axloq tuzatish xizmatlarining noqonuniy xatti-harakatlari inson o‘limiga sabab bo‘lgan. Bosh prokuratura rahbariyatidan barcha aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishni so‘raymiz”, — degan u.
Keyinroq jazoni ijro etish muassasasi Arstanbek Abdildaev (Arstan Alay) o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar berdi. Jumladan, 5 yanvar kuni taxminan soat 05:15 da Abdildaevning jasadi 31-sonli koloniyaning oshxonasida osilgan holda topilgani aytilgan. Muassasa murdani ko‘zdan kechirish chog‘ida tan jarohatlarini aniqlamagan. O‘limning asl sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Arstan Alay 2023 yil dekabrda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan hibsga olingandi. Unga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 330-moddasi “Diniy adovat (nifoq) qo‘zg‘atish” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
“U o‘zini yangi xudo, qutqaruvchi deb biladi, boshqa dinlar, e’tiqod va qarashlarni nuqsonli, zaif va noto‘g‘ri tushunchalar deb hisoblaydi va ularga salbiy baho beradi”, — deya munosabat bildirgan o‘shanda Milliy xavfizlik davlat qo‘mitasi.
Arstan Alay nomi bilan ham tanilgan Abdildayev 2011 va 2017 yillarda ikki marta respublika prezidentligiga nomzodini qo‘ygan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi
Daniya Trampning Grenlandiya bilan bogʻliq niyatlari jiddiyligi haqida ogohlantirildi
Litva prezidenti Kaliningradni mamlakatning tarixiy qismi deb atadi
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!