12:54 / 13.01.2024
107

Vetnamda sobiq vazir COVID-testlari bilan bog‘liq korrupsiya uchun 18 yilga qamaldi

Vetnamda sobiq vazir COVID-testlari bilan bog‘liq korrupsiya uchun 18 yilga qamaldi

Foto: Tuoitre

Vetnamda 12 yanvar kuni sud ikki sobiq vazirni qamoqqa oldi va o‘nlab amaldorlarni COVID-19 testlarini sotib olishda davlat mablag‘larini o‘g‘irlash bilan bog‘liq korrupsion sxemada aybdor deb topdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

COVID-19 testlari bilan bog‘liq korrupsiya ishida sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Nguyen Txan Long 2,25 million dollar pora uchun 18 yilga, sobiq fan vaziri Chu Ngok An esa noto‘g‘ri boshqaruv uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, sud korrupsiya mojarosiga aloqador yana 35 kishiga, asosan, mansabdor shaxslarga 18 oydan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinladi.

Sog‘liqni saqlash tizimi uchun COVID-19 testlarini oshirilgan narxlarda ishlab chiqarishda ayblangan Viet A Technology Corp xususiy tibbiyot kompaniyasiga nisbatan tergov doirasida ikki sobiq vazir va bir nechta amaldorlarga ham jazo belgilandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo