Islandiyada otilgan vulqon lavalari aholi uylariga yaqinlashmoqda

1 daqiqa o'qish191
Islandiyada otilgan vulqon lavalari aholi uylariga yaqinlashmoqda

14 yanvar kuni ertalab Islandiya janubi-g‘arbidagi Reykyanes yarim orolida vulqon otildi.

Mamlakat milliy teleradiokompaniyasi RÚV'ning xabar berishicha, vulqon otilishdan oldin 200 dan ortiq yer silkinishlari sodir bo‘lgan.

14 yanvarga o‘tar kechasi ham qayd etilgan seysmik faollikdan so‘ng vulqon otilishi xavfi tufayli rasmiylar vulqon yonida joylashgan Grindavik shahri aholisini oldindan evakuatsiya qilgan. Hozirda shaharda elektr energiyasi uzilgan.

Vulqon lavalari Grindavik tomon oqmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir u shaharning shimoliy chekkasidagi uylardan 400-500 metr uzoqlikkacha kelgan.

Ma’lumot uchun, 3500 ga yaqin aholi istiqomat qiladigan Grindavik Islandiya poytaxti Reykyavikdan 70 kilometr uzoqlikda joylashgan. 2023 yil noyabr oyida ham Grindavik aholisi vulqon uyg‘onishi xavfi tufayli evakuatsiya qilingan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?