21:51 / 14.01.2024
99

Isroil razvedkasi: “HAMAS Yevropada teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan”

Isroil razvedkasi: “HAMAS Yevropada teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan”

Foto: Reuters

Isroil razvedkasi (Mossad) HAMASni Yevropada teraktlar uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblab, bu bo‘yicha bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra, HAMAS Yevropada o‘zining jangchilar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uni Livandan kelgan guruhning yuqori martabali qo‘mondonlari boshqargan.

Davom etayotgan razvedka harakatlari natijasida, HAMAS butun dunyo bo‘ylab “begunoh odamlarni nishonga olish” uchun xorijdagi faoliyatini kengaytirishga intilganini ko‘rsatuvchi muhim miqdordagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi”, — deya da’vo qiladi razvedka.

HAMAS Yaqin Sharq, Afrika va Yevropada “teraktlar” uyushtirishni rejalashtirgani aytilgan. Xususan, 2023 yil dekabr oyida Germaniya, Niderlandiya va Daniyada “yahudiylarga qarshi hujumlar tayyorlagan” HAMAS yacheykalarining yetti nafar a’zosi qo‘lga olingan.

Isroilning ayblovlariga ko‘ra, HAMAS nishonlardan biri Isroilning Stokgolmdagi elchixonasi bo‘lgan.

Bu maqsadlariga erishish uchun HAMAS dronlar sotib olgan, shuningdek, Yevropadagi uyushgan jinoiy guruhlar a’zolarini yollagan. HAMAS Eron rejimining “terrorchilik faoliyatidan” ilhom oladi hamda Isroil va G‘arb nishonlariga har qanday holatda ham hujum qilishga intiladi”, — deydi Isroil razvedkasi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo