Foto: Samara viloyati prokuraturasi
Rossiyaning Samara viloyati Stavropol rayonida 16 yanvar kuni o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Samara viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:30 da Bolshaya Ryazan qishlog‘i yaqinida M-5 Ural avtomagistralining 745-kilometrida ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lada Largus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Foto: Samara viloyati prokuraturasi
Hodisa joyida huquq-tartibot idoralari va qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Vaziyatdan xabardor manbaga ko‘ra, Largus'da yetti kishi bo‘lgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari. Hodisa oqibatida uch nafari halok bo‘lgan, to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Foto: Samara viloyati prokuraturasi
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring