Foto: 120.su
Xitoyning Xubey provinsiyasi politsiya xodimlari 5 yoshli bolaning halolligidan hayratda qolishdi.
Gap shundaki bog‘da o‘ynab yurgan bolakay uyali telefon topib oldi. Bola telefonni o‘zlashtirishga urinmadi, ya’ni u birovning mulki ekanligini angladi. Kichkintoyning yana bir zukkoligi telefonni politsiyaga topshirish kerakligini bilgani, qoyilmisiz?
Halol bolakay mukofotsiz qolmadi. Ko‘p o‘tmay, rasmiylardan biri bolaning bog‘chasiga kelib, unga politsiya formasi kiygan panda o‘yinchog‘i, faxriy yorliq sovg‘a qildi. Bola sovg‘alardan juda mamnun bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar