22:28 / 19.01.2024
750

Andijonlik ayol bir yashar qizini shafqatsizlarcha urib, yerga ko‘mayotgani aks etgan videoga izoh berildi

Andijonlik ayol bir yashar qizini shafqatsizlarcha urib, yerga ko‘mayotgani aks etgan videoga izoh berildi

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqda va qator OAVlarda taxminan 1 yashar go‘dakni ayol shafqatsizlarcha urayotgani, yana bir lavhada esa ana shu bolani ayol bilan erkak yerga ko‘mayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatga izoh berdi.

Bolalar ombudsmani mazkur videodagi holatni tegishli protsessual tartibda o‘rganishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Tegishli idoralarning tezkor hamkorligida holat o‘rganilib, videotasvirdagi ma’lumot asosida ayolning shaxsi identifikatsiya qilindi.

Aniqlanishicha, u Andijon viloyati Jalaquduq tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan A.G. bo‘lib, hozirgi paytda u (2016 yildan beri) Rossiyaning Novosibirsk shahrida turmush o‘rtog‘i B.I. bilan yashab keladi. Shuningdek, videotasvirdagi go‘dak A.G. va B.I.ning 2019 yilda tug‘ilgan farzandi R.X. ekani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuraturaning tegishli so‘roviga asosan Bosh konsulxona hamda Novosibirsk oblasti IIV xodimlari bilan o‘zaro tezkor ma’lumotlar almashinishi natijasida 19 yanvar kuni B.I. va A.G. Berdyansk shahrida qo‘lga olinib, protsessual tartibda hibsga olindi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Novosibirsk shahri (Oktyabrskiy rayoni) tergov boshqarmasi tomonidan A.G. va B.I. ga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 117-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishi yurituvi doirasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan R.X. manfaatlarini ta’minlash yuzasidan Bosh prokuratura Rossiya tergov qo‘mitasi bilan huquqiy hamkorlik choralarini davom ettirmoqda. Bu borada qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Mazkur holat bo‘yicha bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo