Madridda 25 mingga yaqin odam Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga to‘plandi

Madridda 25 mingga yaqin odam Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishga to‘plandi

Foto: Google Images

Ispaniya poytaxti Madridda 25 mingga yaqin odam Falastinni qo‘llab-quvvatlab norozilik namoyishiga chiqdi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Periodico gazetasi shahar hokimiyatiga tayanib.

Gazetaning yozishicha, “Falastindagi genotsidni to‘xtating” shiori ostida uyushtirilgan norozilik namoyishlari Barselona, ​​Valensiya va Sevilya kabi boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tgan.

"Madridda 25 mingga yaqin odam poytaxt markazidagi Atocha temir yo‘l vokzali va Cibeles maydoni o‘rtasida piyoda yurgan", — deyiladi nashrda.

Gazetaning ta’kidlashicha, namoyishchilar Falastin bayrog‘i rangidagi bannerlar bilan turib, Ispaniya hukumatini Isroil bilan aloqalarni to‘xtatishga chaqirgan. Ishtirokchilar, shuningdek, Isroilga qarshi sanksiya qo‘llashga chaqiruvchi shiorlarni aytib baqirgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar