Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga yetib bordi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Shoudu» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat rahbarini XXR madaniyat va turizm vaziri Sun Yeli va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 24 yanvar kuni O‘zbekiston yetakchisi XXR raisi Si Jinping bilan muzokaralar hamda Xitoyning rasmiy shaxslari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar