24 yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni kutib oldi.
Yetakchilar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolarini qutladilar.
Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi.
Faxriy qorovul boshlig‘i O‘zbekiston prezidentiga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralari boshlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar