Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga bordi (foto)

Pekin shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kutib oldi. 25 yanvar kuni davlat rahbari O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etadi, XXR yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga bordi (foto)

Shenchjen – Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri hamda Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy hududdir. Texnologiyalar, tadqiqotlar, ishlab chiqarish, biznes va iqtisodiyot, turizm va transport borasida global markazlardan biri, konteynerli yuklar bilan ishlash quvvati bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi dengiz portidir.

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga bordi (foto)

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar