Foto: RIA Novosti
Kreml Bloomberg agentligining Vashingtonga Ukrainada tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralarga tayyorligi va bu davlatning neytral maqomi yuzasidan talablardan voz kechishi mumkinligi haqida signalning yashirin tarzda uzatilgani to‘g‘risidagi xabarini rad etdi. «Yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar, bu mutlaqo yolg‘on», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 26 yanvar, juma kuni jurnalistlarga.
Bloomberg: Putin AQSHga Ukrainada tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildirgan
Avvalroq Bloomberg agentligi Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSHga Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligi haqida signal yuborgani to‘g‘risida xabar bergan edi. Shu tariqa, nashrga ko‘ra, u Vashingtonning bunday muzokaralarda ishtirok etishiga ehtimoliy roziligi masalasini o‘rganmoqda.
Kremlga yaqin bo‘lgan ikki Bloomberg suhbatdoshining aytishicha, Putin munozaraga ochiqligini va hatto Ukraina neytraliteti haqidagi talablaridan voz kechishga tayyorligini, jumladan, mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi chiqmasligini bildirgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, takliflar 2023 yil dekabr oyida AQSH yuqori martabali amaldorlariga vositachi orqali yetkazilgan.
Shu bilan birga, Putin xalqaro tan olingan chegaralar doirasida Ukraina hududining qariyb 18 foizini tashkil etuvchi, so‘nggi yillarda egallab olingan yerlardan voz kechishga tayyor emas. Peskov Bloomberg nashriga bergan izohida, Putin muzokaralarga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagani, biroq ayni paytda Rossiya o‘z maqsadlariga erishishga qat’iy qaror qilganini aytdi.
Vashington Putinning urushni tugatishga tayyorligini ko‘rmayapti
Ayni paytda, AQSH rasmiylari shubhali pozitsiyani saqlab qolmoqda va Putin boshi berk ko‘chaga kirib qolgan urushni tugatish yo‘llarini topishga jiddiy yondashayotganini ko‘rmayotganini aytmoqda. Agentlikka bergan intervyusida ular Kremlning tegishli tashabbusidan xabardor emasligini aytgan.
Agentlik ta’kidlashicha, Rossiyaning muzokaralarga tayyorligi haqidagi ishoralari Ukraina ittifoqchilari o‘rtasida bo‘linish va Kiyev yakkalanib qolishiga olib kelishi mumkin. Ular, shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Rossiya qo‘shinlarini Ukraina xalqaro miqyosda tan olingan barcha hududidan to‘liq olib chiqib ketishni o‘z ichiga olgan tinchlik formulasini global qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga putur yetkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda
Kaliforniyada dahshatli oʻrmon yongʻinlari: mashhurlarning uylari yonib ketmoqda
Bashar Asadning rafiqasi Britaniya razvedkasiga ishlaganlikda gumonlanmoqda
Netanyaxu Trampning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi
Britaniya TIV rahbari Ukraina urushi qachon tugashi mumkinligini aytdi
Livanda 12 marotaba muvaffaqiyatsiz saylovlardan soʻng prezident tayinlandi
Germaniyada sobiq vazirning yuziga tort uloqtirishdi