Foto: AP Photo
Hindiston va Fransiya Hindiston Qurolli kuchlari va do‘st davlatlar uchun harbiy texnika, jumladan, vertolyot va suvosti kemalarini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda G‘arb matbuoti Hindiston hukumati bayonotiga tayanib.
Mazkur kelishuvga Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Hindistonga tashrifi chog‘ida erishilgan: 26 yanvar kuni u Hindiston Respublika kuni sharafiga o‘tkazilgan harbiy paradning bosh mehmoni bo‘ldi, bosh vazir Narendra Modi bilan uchrashdi va Hindiston prezidenti Draupadi Murmu tomonidan berilgan davlat ziyofatida qatnashdi.
Bayonotga ko‘ra, Makron va Modi harbiy ishlab chiqarish, atom energetikasi, kosmik tadqiqotlar, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va iqlim o‘zgarishida sun’iy intellektdan foydalanish sohasidagi aloqalarni kengaytirishga kelishib olgan.
Xususan, Hindistonda Fransiyaning Safran SA kompaniyasining eng zamonaviy dvigatellari hamda Fransiyada ishlab chiqarilgan Dassault Rafale qiruvchi samolyotlarining dvigatellarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish markazi ochiladi.
Biroq bayonotda tranzaksiyalar qiymati ko‘rsatilmagan.
Hindistonning Tata Group konglomerati va Airbus ham fuqarolik vertolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Bundan tashqari, mamlakatlar 2020 va 2022 yillarda Fransiyaning Reyunyon orolining xorijdagi departamentidan o‘tkazilgan qo‘shma razvedka missiyalari tajribasiga asoslanib, Hindiston okeanining janubi-sharqiy qismida hamkorlikni mustahkamlashga qaror qildi.
OAV Rossiyadan keyin Hindistonning eng yirik qurol yetkazib beruvchisi Fransiya ekanini eslatib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi