Foto: Reuters
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron besh banddan iborat Isroil va HAMAS urushini tugatish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Mazkur reja garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni doimiy to‘xtatishni nazarda tutadi. Rejaga ko‘ra, G‘azodagi HAMAS yetakchilari, jumladan, Yahyo Sinvar ham sektorni tark etib, boshqa davlatga ketishi kerak.
“Biz qilmoqchi bo‘lgan narsa shuki, bu urushda tanaffusga erishilgandan so‘ng, uni doimiy sulhga aylantirish uchun ko‘p mehnat qilish kerak va haqiqatda sulhni to‘xtatishga olib kelishi mumkin bo‘lgan real narsalarga e’tibor qaratish lozim”, — deydi Kemeron.
Buyuk Britaniya o‘z rejasini boshqa tashabbuslarga qo‘shimcha deb hisoblaydi va uni AQSH, Yevropa va Arab hukumatlari bilan muhokama qilgan.
“Sizda Falastin davlati uchun ancha aniq siyosiy ufq bo‘lishi kerak: G‘arbiy Sohil hamda G‘azo uchun yangi Falastin hukumati va HAMAS endi hech qachon Isroilga hujum qila olmasligi kerak”, — deydi Britaniya rasmiysi.
Doimiy o‘t ochishni to‘xtatish zarurati bo‘yicha xalqaro konsensus va uzaygan Isroil-Falastin mojarosi bo‘yicha kelishuvga erishishga e’tibor qaratilayotganiga qaramay, urushni tugatish va yangi tinchlik jarayonini boshlash uchun jiddiy muammolar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi