Foto: Instagram/libkos
Rossiya Avdeyevka shahrining o‘n foiz hududini egallab oldi. Bu haqda Bild tahlilchisi Yulian Ryopke xabar berdi.
Dekabr oyida Rossiya qurolli kuchlari Avdeyevka janubi-sharqida, Donetsk halqa yo‘li yaqinidagi sanoat zonasini nazorat ostiga oldi. Endilikda esa ular birinchi marta shaharning mikrorayonini ham egallab oldi. U sanoat zonasining g‘arbiy tomonida joylashgan bo‘lib, u yerda xususiy uylar mavjud.
Rossiya qo‘shinlari u yerdan shimolga, ko‘p qavatli uylar joylashgan Ximik tumani yo‘nalishi bo‘yicha oldinga siljishga urinmoqda. Hozircha Ukraina qurolli kuchlari bu hujumlarni qaytarishga muvaffaq bo‘lmoqda.
Ryopke ruslar tomonidan bosib olingan hudud shahar umumiy maydonining 10 foizini tashkil qiladi, deb hisoblaydi.
Ryopkening eslashicha, Moskvaning dastlabki rejasi Avdeyevkani g‘arbdan o‘rab olish, Stepovoye va Severnoye bo‘ylab oldinga siljish edi. Hozircha bu urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Rossiya Qurolli kuchlari katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.
“Dushmanning qisman oldinga siljishiga qaramay, Ukraina qurolli kuchlari ushbu jangda dushmanning yuzlab texnikasi va minglab askarlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi”, — deb yozadi Bild. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi