Qatar TIV: Isroil sulhga rozi, HAMAS munosabati ham ijobiy

1 daqiqa o'qish162
Qatar TIV: Isroil sulhga rozi, HAMAS munosabati ham ijobiy
Foto: AP/Ohad Zwigenberg
Qatar TIV matbuot kotibi Majid bin Muhammad al-Ansoriyning aytishicha, Isroil rasmiylari G‘azo sektorida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘lgan. Qatar kelishuv shartlarining dastlabki ijobiy tasdig‘ini Falastinning HAMAS harakatidan ham olgan. Bu haqda Qatar telekanali Al Jazeera xabar berdi.

28 yanvar kuni Qatar, AQSH va Misr vakillari Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasida vaqtinchalik sulh tuzish bo‘yicha kelishuvni yakunlayotgani ma’lum bo‘ldi. Bitim ikki bosqichni o‘z ichiga oladi va G‘azo sektorida ikki oy davomida o‘t ochilishini to‘xtatadi. Bu vaqt ichida HAMAS garovga olingan bolalar, ayollar, qariyalar va yaradorlarni ozod qiladi. Buning evaziga Isroil falastinlik mahbuslarni ozod qiladi. Bitim, shuningdek, G‘azo sektoriga yetkaziladigan yangi gumanitar yordam hajmini belgilaydi.

1 fevral kuni Al-Hadat telekanali HAMAS harakati Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarni bosqichma-bosqich ozod qilishga rozi bo‘lganini xabar qildi. HAMAS avvalroq kelishuvga faqat mahbuslarni to‘liq ozod qilish sharti bilan roziligini bildirgan edi. Harakat, shuningdek, Isroildan uzoq muddatli qamoq jazosini olganlarni ozod etilishini talab qilmasligini bildirdi. Telekanal ta’kidlaganidek, HAMAS vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgani yo‘q. O‘z navbatida Isroil 114 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?