Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya Federatsiyasi mudofaa va harbiy-texnika sohalarida respublikaning asosiy hamkori bo‘la olmasligini aytdi. Bu haqda u mamlakat Jamoatchilik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Armaniston kim bilan haqiqatda harbiy-texnik va mudofaa munosabatlarini saqlab qolishi mumkinligini tushunishi kerak.
«Ilgari bu muammo oddiy bo‘lgan, chunki bunday savol yo‘q edi va konsepsiyani yaratishda hech qanday qiyinchilik kuzatilmagan. Ilgari mudofaa sohasidagi munosabatlarimizning 95-97 foizi Rossiya Federatsiyasi bilan bo‘lgan bo‘lsa, endi bu obyektiv va subyektiv sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin emas», — dedi bosh vazir.
Bungacha Pashinyan Rossiya harbiy bazalarining Armaniston hududida bo‘lishidan hech qanday naf sezmaganini aytgan edi.
Uning ta’kidlashicha, Yerevan yangi sheriklar qidirmoqda, chunki Moskva «ittifoqchilik majburiyatlarini bajara olmadi». Bosh vazir ta’kidlaganidek, Tog‘li Qorabog‘dagi voqealar Armanistonni mudofaa sohasida yangi hamkorlar izlashga olib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi