Foto: Google Images
Hindistonning Mumbay shahrida politsiya Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilib, kabutarni qo‘lga olgandi. Qush sakkiz oy davomida veterinariya klinikasida saqlangan. Huquq-tartibot idoralari uning davlat uchun xavfli emasligiga ishonch hosil qilgach, uni qo‘yib yubordi.
Kabutar e’tiborni tortganining sababi, uning oyog‘ida ikkita halqa bor edi va qanotlari ostidagi patlar xitoy ierogliflariga o‘xshash belgilarga ega edi. Politsiya qushni xitoyliklar razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun yuborgan deb taxmin qilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, biroq bir necha oydan keyin ayblovlar olib tashlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, qush Tayvan orolida kabutarlar poygalarida qatnashgan, biroq parvoz vaqtida u marshrutdan chetga chiqib, tasodifan Hindistonga uchib ketgan. Unda hech qanday josuslik uskunasi topilmadi, deb yozadi Times of India.
2022 yilda xitoylik muhandislar kabutar boshiga chip o‘rnatib, uni masofadan boshqarishni o‘rgangani xabar qilingan edi. Kabutarlar buyruqlarni bajarishning aniqligi 80-90% ni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi
Ukrainaning 2025 yilga moʻljallangan harbiy maqsadlari ma'lum qilindi
Rossiya elchisi: “AQSh Grenlandiyada yadroviy qurolli samolyotlar uchun infratuzilma yaratmoqda”
Los-Anjelesdagi yirik yongʻinlarga sabab boʻlgan gumonlanuvchi qoʻlga olindi